ISTOD

ISTOD (Polygala) — istoddoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda koʻpincha togʻ yon bagʻirlarida, oʻtloklarda oʻsadi. Sibir I. i (P. sibirica) va ensiz bargli Istod (R. tenuifolia) turlari dorivor hisoblanadi. Bu turlar serpoya, tik usadi, boʻyi 35 sm. Barglari oddiy, bandsiz, ketma-ket oʻrnashgan. Gullari bir tomonlama shingilga toʻplangan. Mevasi koʻsak. Ildizi tarkibida saponin, oshlovchi moddalar bor. Preparatlari balgʻam koʻchiruvchi sifatida ishlatiladi.

Prev Article

ISTISQO

Next Article

ISTOR