ITELMEN TILI — itelmenlarning tili. Osiyo tillari chukotkakamchatka oilasiga mansub. RF Kamchatka viloyati Koryag milliy okrugi Tigil tumani hududi (Kamchatkaning gʻarbiy qirgʻogʻi)da tarqalgan. Itelmen tilida soʻzlovchilar ozchilikni tashkil etadi. Uchta dialektidan hoz. faqat gʻarbiy dia-lektdagi 2 ta sheva saqlanib qolgan. Itelmen tili yozuvga ega emas. Itelmen tili fonetikasi konsonant (undosh)lik kuchliligi bilan ajralib turadi. Morfologiyasi agglyu-tinativ. Uning grammatik shakli va baʼzi bir oʻzaklarga koʻra chukot va koryak tillariga qarindosh. Mazkur tillar tovush munosabati kam oʻrganilgan.