ITTRIY

ITTRIY (lot. Yttrium) , Y — Mendeleyev davriy sistemasining II guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 39, at. m. 88,9059. Tabiiy Ittriyning bitta barkaror izotopi 39Y maʼlum. Yer poʻstida massa jihatidan 2,0-10~3%, dengiz suvida 3-10~4 mg/l I. bor. I. boshqa nodir metallar bilan birgalikda ksenotim, fergyusonit, evksenit, gadolinit va b. minerallar tarkibida uchraydi. Ittriy — oqish kumushrang metall. Zichligi 4,45 g/sm3. Suyuklanish t-rasi 1528°, qaynash t-rasi 3320° atrofida. Brinell boʻyicha kattikligi 628 MPa, unga mexanik ishlov berish oson. Ittriy havoda yupqa mustahkam oksid parda bilan qoplanadi. Metall holdagi Ittriy ilk bor F. Vyoler tomonidan 1828-y. da ajratib olingan. Ittriy qaynoq suvda havo kislorodi taʼsirida sekin oksidlanadi, mineral kislotalar b-n oson (ftorid kislotadan tashqari) reaksiyaga kiri-shadi. Quyida Ittriyning eng muhim birikmalari haqida maʼlumot keltirilgan.

Ittriy (Sh)-o ks id. Y2O3 — rangsiz kris-tallar. Suyuklanish t-rasi 2430°, qaynash t-rasi 4300° atrofida; zichligi 4,85 g/sm3. Suvda erimaydi, mineral kislotalarda yaxshi eriydi. Ittriyning nitrat, oksalat, karbonat va b. tuzlarini 800— 1000° da parchalash usuli bilan olinadi. Ittriy (Sh)toksid maxsus optik shi-shalar, issiqbardosh, oʻta oʻtkazuvchan va shaffof keramik mahsulotlar, lyuminoforlar, ittriy-temir va b. ittriyli granatlar olishda qoʻllaniladi.

Ittriy (Sh)-ftori d — rangsiz kristallar. Suyuklanish t-rasi 1155°, qaynash t-rasi 2230°; kristallogidratlar hosil qiladi. Metallotermik usulda Ittriy olish uchun ishlatiladi.

Ittriy (Sh)-xlorid — rangsiz, gigroskopik kristallar. Suyuklanish t-rasi 721°, qaynash t-rasi 1482°; zichligi 2,8 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi; kristallogidratlar hosil qiladi. Metallotermik usulda sof Ittriy olishda ishlatiladi.

Ittriy poʻlat va choʻyanlarga legirlovchi, issiqqa chidamliligini oshiruvchi qoʻshimcha sifatida, qiyin eriydigan, lyuminofor va lazer materiallar olishda qoʻllaniladi.

Prev Article

ITTIHOD VA TARAQQIY

Next Article

ITUZUM