IVANO-FRANKOVSK VILOYATI

IVANO-FRANKOVSK VILOYATI (1962-y. gacha Stanislav viloyati) — Ukrainaning gʻarbidagi viloyat. 1939-y. 4 dek. da tashkil etilgan. Mayd. 13,9 ming km2. Aholisi 1465 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, polyak, yahudiy, beloruslar ham yashaydi. Maʼmuriy markazi — Ivano-Frankovsk sh.

I.-F. v. Sharqiy Yevropa tekisligi b-n Karpat togʻlari tutashgan joyda. Relyefi tekislik, Dnestr boʻyi oʻrmonli dashti, Karpat togʻi etaklari va jan.gʻarbiy togʻlik qismidan iborat.

Eng bal. joyi 2061 m (Goverla choʻqqisi). Iqlimi moʻtadil kontinental. Dnestr boʻyi va Karpat togʻlari etagida qish yumshoq (yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 4° dan — 6° gacha), yozi iliq (iyulning oʻrtacha t-rasi 18—19°). Yiliga 500—800 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 210— 215 kun. Karpat togʻlarida havo sovuq va nam; yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 6° dan — 9°gacha,iyulniki 17° dan 6° gacha. Yiliga 800—1400 mm yogʻin yogʻadi. Asosiy daryolari: Dnestr, Prut va ularning irmoqlari. Tuprogʻi podzollashgan kulrang oʻrmon, podzollashgan qoratuproq, chimli podzol, qoʻngʻir togʻ-oʻrmon, chimli qoʻngʻir, torfli tuproqlar. Maydonining 35% oʻrmon (eman, zarang, qoraqayin, oqqaragʻay). Oʻrmonlarda asl bugʻu, yevropa yeligi, qobon, tulki, boʻri, boʻrsiq, suvsar yashaydi.

Yetakchi sanoat tarmoqlari: neft, gaz, kimyo, mashinasozlik, oʻrmon va yogʻochsozlik. Yoqilgʻi-energetika asosini mahalliy neft, gaz, Burshtin GRES va Kalush issiklik elektr markazi tashkil etadi. Foydali qazilma konlarni ishlatish asosida kaliy oʻgʻiti, vinil-xlorid, aerosil, karbamid va polixlorvinil smolalar, sintetik yogʻ, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, neft bitumlari va b. ishlab chiqaradigan kimyo va neft kimyosi rivojlanmoqda. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati priborlar va texnologik jarayonlarni rostlovchi, chorvachilik uchun mashinalar, pres-slar, neft sanoati jihozlari i. ch. ga ixtisoslashgan. Asosiy z-dlari: Iva-no-Frankovskda priborsozlik, «Avtolitmash», lokomotiv remonti, Kolo-miyada q. x. mashinalari va metall bu-yumlar z-dlari. Oʻrmon sanoati korxonalari — Nadvornaya, Bolexov, Verxovina, Broshnev-Osada, Vigoda sh. larida, Ivano-Frankovsk, Snyatii, Bolexov sh. larida mebel, Kolomiya sh. da qogʻoz korxonalari joylashgan. Yengil sanoatda charm va tikuvchilik birlashmalari (Ivano-Frankovsk), trikotaj (Ivano-Frankovsk), pardabop toʻr, toʻquv, tikuvchilik, poaybzal, kil-chutka (Kolomiya) f-kalari, moʻyna i. ch. birlashmasi mavjud. Oziqovqat sano-atida asosiy oʻrinni shakarqand (Gorodenka, Bovshev), sut va moysir (Ivano-Frankovsk, Kalush va b.) sanoati egallaydi. Goʻsht, nonvoyxona, spirt-araq, pivo, tamaki-fermentatsiya, konserva va kandolatchilik korxonalari bor. Temir-beton, gʻisht, sement ishlab chiqariladi. Badiiy hunarmandchilikyogʻoch oʻymakorligi, gi-lam toʻqish, toʻquvchilik va b. rivojlangan.

Asosiy q. x. ekinlari: bugʻdoy, arpa, javdar, makkajoʻxori, qand lavlagi, tolali zigʻir, kartoshka. Bogʻdorchilik rivojlangan. Chorvachiligi goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramol, choʻchqa, qoʻy boqiladi. Asosiy t. y. liniyalari Ivano-Frankovskni Kiyev, Odessa, Lvov va b. shaharlar bilan bogʻlaydi. 3 oliy oʻquv yurti, ommaviy ku-tubxonalar, 2 teatr, filarmoniya, 4 muzey mavjud.

Prev Article

IVANO-FRANKOVSK

Next Article

IVITISH