IZOMORFIZM

IZOMORFIZM (izo… va yun. morphe — shakl) — kimyoviy tarkibi va kristall strukturasi bir-biriga yaqin jinslarning oʻzgaruvchan tarkibli birikmalar (aralash kristallar) hosil qilish qobiliyati. Izomorfizm hodisasini birinchi marta 1819-y. nemis kimyogari E. Mitcherlix aniqlagan vatermin sifatida taklif qilgan. Izomorfizm tabiiy mineral va kristallarda keng tarqalgan boʻlib, yer poʻstining turli termodinamik zonalarida uchraydi. Elementlarning oʻzaro izomorf aralashma hosil qilishi ular atom radi-usining kattaligi, kristallokimyoviy xususiyatlari (koordinatsiya soni, va-lentligi, strukturasi, kristallanish sistemasi) va tabiiy termodinamik sharoitlar (t-ra, bosim, paydo boʻlgan chuqurligi va joyi)ga bogʻliq. Tekshirishlar natijasida izovalentli (bir xil valentli) va geterovalentli (har xil valentli) Izomorfizmlar borligi aniqlangan. Izovalentli Izomorfizm uchun olivin mi-nerali tarkibidagi oksidlanish dara-jasi teng boʻlgan Mg2+ va Gʻye2+ misol boʻla oladi. Birinchisi forsterit (MgSiO4), ikkinchisi fayalit (FeSiO4) holida cheksiz Izomorfizm aralashmasi hosil qilishi natijasida olivin minerali paydo boʻladi. Plagioklaz guruxdsagi Sa2+ bilan Na+ kationlarining oʻrin almashishi geterovalentli Izomorfizm dir. Bunda oksidlanish darajasi +1 ga teng boʻlgan Na+ kationi oksidlanish darajasi +2 ga teng boʻlgan Sa2+ kationi bilan oʻrin almashadi. Izomorfizm aralashmalari cheksiz va cheklangan boʻladi. Cheklangan Izomorfizmda elementlar oʻzaro maʼlum mikdordagina aralashma hosil qila oladi. Izomorfizm hodi-sasidan mineral, kristall va rudalar tarkibidagi elementlarning qanday hrlatda joylashganligini, shuningdek, sintez usulida olingan, zamonaviy texnikada qoʻllaniladigan yarim oʻtkazgichlar, ferromagnetiklar, pye-zo – va segnetoelektriklar, lyumino-forlar, lazer materiallari va b. ning foydali xossalarini aniqlashda foydalaniladi.

Prev Article

IZOMETRIK TUZILISH

Next Article

IZOMORFIZM