IZOTOPLAR

IZOTOPLAR (izo… va yun. topos — joy, oʻrin) — bitta kimyoviy elementning tartib raqamlari teng, at. m. lari har xil boʻlgan atom turlari. Izotoplarning atom yadrosidagi protonlar soni teng, ney-tronlar soni esa har xil (atom qobi-gʻidagi elektronlar soni ham teng) boʻlganligi sababli ularning fizik va kimyoviy xossalari deyarli bir xil boʻladi. Elementning Izotoplari yadro zaryadiga, atom yadrosidagi neytronlar soniga, binobarin, at. m. ga qarab bir-biridan farq qiladi. Elementlarning Izotoplari kimyoviy elementlar davriy sistemasida ayni bir joyda turadi. Mas, vodorodning uchta izotopi bor: vodorod, deyteriy va tritiy. Bularning hammasi davriy sistemada birinchi oʻrin (bitta katak)da joylashgan. Yadrodagi nuklonlar soni bir xil boʻlgan atomlar Izotoplardan farq qilib izobara-l a r , yadrosidagi neytronlar soni bir xil boʻlgan atomlar esa izotonlar deb ataladi. Oddiy vodorod atomida bitta proton va ikkita neytron boʻlsa, yadrosi murakkablashadi, at. m. 2 ga teng boʻladi, biroq yadro atrofida bitta elektron aylanaveradi. Bu vodorod atomi boʻlsada ogʻir vodorod — deyteriy atomi deb ataladi. Ogʻir vodorodning kislorod bilan birikish reaksiyasidan ogʻir su v olinadi.

Deyteriy yadrosiga bitta neytron qoʻshilsa, oʻta ogʻir vodorod — tritiy, uning kislorod bilan reaksiyasi natijasida suv hosil boʻladi. Deyteriy va tritiy vodorodning ogir Izotoplari, ulardan hosil boʻlgan suvlar kimyoviy xossalari jihatdan oddiy suvdan farq, qilmasada, fizik xossalari bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Tabiatdagi kupchilik kimyoviy elementlar aralash Izotoplardan iborat, deyarli hamma elementlarda Izotoplar mavjud. Mas, simob 7 ta, qalay 10 ta, uran esa 3 ta izotopga ega. Hozirgacha 280 ga yaqin barqaror va 2000 dan ortiq radioaktiv Izotoplar maʼlum. Sunʼiy Izotoplardan tinchlik va harbiy maqsadlarda yonilgʻi sifatida foydalaniladi.

Prev Article

IZOTOP EFFEKTLAR

Next Article

IZOFA