JAA — oʻzbek kirill alifbosining sakkizinchi harfi. Undosh, jarangli, til oldi, portlovchi tovush. Soʻz boshida (jiyda, jar, jayran), oʻrtasida (gijda, ajrim) va soʻz oxirida (boj, toj) kela oladi. Qipchoq shevalarida adabiy tildagi «y» oʻrnida (yoʻl-joʻl, yomon-jomon) keladi. Oʻzlashtirilgan soʻzlarda sirgʻaluvchi holatda soʻz boshida (jurnal), oʻrtasida (ajdar) va oxirida (garaj) uchraydi. Tub oʻzbekcha soʻzlarda soʻz oxirida qoʻllanilmaydi. Turkiy xalqlar, shu jumladan oʻzbek xalqi uchun umumiy boʻlgan yozuvlarda J harfi oʻziga xos shaklda boʻlgan.