JALOLOV

JALOLOV Gʻiyosiddin (1903 — Toshkent — 1984.9.4) — birinchi oʻzbek astronomlaridan biri. Oʻzbekistonda astronomiyaning rivojlanishiga samarali hissa qoʻshgan. Oʻrta Osiyo un-tini tugatgan (1937). Ilmiy va amaliy ishlari oʻrta asrlar Oʻrta Osiyo astronomiya tarixiga oid. Jalolov «SekstantUlugʻbek rasadxonasining asosiy quroli» (M., 1974), «Samarqand rasadxonasining sayyoralar jadvalini tuzish masalasiga doyr» (M., 1955), «Kuragoniy zijining boshqa zijlardan farqi» (M., 1955), «Gʻiyosiddin Jamshid — 15-a. ning yirik astronomi, matematigi» (M., 1957) va b. asarlar muallifi.

Prev Article

JALOLOV

Next Article

JALYUZI