JANUBIY OSIYO

JANUBIY OSIYOOsiyo qitʼasi dagi tabiiy oblast. Unga Hindiston va Hindixitoy ya. o. lari, Himolay togʻlari, Hind-Gang tekisligi, Malay arxipelagi, shuningdek, Hind okeanining sharqiy qismidagi vulkan va marjon orollari kiradi. Mayd. 5,1 mln. km2. J. O. ning geologik tuzilishi va relyefi har xil. Butun oʻlka iqlimi musson sirkulyatsiyasi taʼsirida. Tropik, subekvatorial, ekvatorial ikdim va landshaft tiplari mavjud. Gʻarbiy qismi choʻllardan iborat. Hayvonot dunyosi asosan HindistonMalay fauna oblastiga kiradi. Q. x. da (asosan tekislik qismida) tropik ekinlar va sholi yetishtirish yetakchi oʻrinda. Janubiy Osiyo hududida Bangladesh, Butan, Nepal, Hindiston, Maldiv, Pokiston, Shri Lanka davlatlari joylashgan. Baʼzan Jan.-Sharqiy Osiyo davlatlarini ham Janubiy Osiyo tarkibiga kiritadilar.

Prev Article

JANUBIY OROL