JAYRALAR

JAYRALAR (Nystricidae) — kemiruvchi sut emizuvchilar turkumining bir oilasi. Tanasining uz. 90 sm gacha, ogʻirligi 15 kg cha. Usti va yonlari uz. 40 sm gacha boʻlgan uzun, qattiq jun, qorin tomoni qattiq qillar bilan qoplangan. 10 ga yaqin turni oʻz ichiga olgan 4 urugʻdan iborat. Afrika, Jan. Yevropa, Jayralar Gʻarbiy Osiyoda uchraydi. Nystrix nirsutirostris Kavkaz, Qozogʻiston va Oʻrta Osiyoda yashaydi. Jayralar togʻ va togʻ etaklarida, tekisliklardagi soy va jarliklarda, aholi punktlariga yaqin joylarda chuqur uya qazib yashaydi. Bahorda uchpaydi, 2—4 ta bola tugʻadi. Qishda oʻsimliklarning piyozi, ildizpoyasi va urugʻi, koʻklamda oʻt, yozda makkajoʻxori, tarvuz, qovun, uzum, toʻkilgan mevalar bilan oziqlanadi. Jayralar ekinlar zararkunandasi hisoblanadi. Jayralarning goʻshti yeyiladi.

Prev Article

JAYNIZM

Next Article

JAYRAN