JAYRANOʻT

JAYRANOʻT (Frankenia hirsutra) — uchchanoqdoshlar (frankeniyadoshlar)ga mansub chala buta. Boʻyi 8—20 sm. Barglari nashtarsimon. Gullari mayda, tojbargi 5 ta, qoʻngʻir-pushti, kosachasi 5 tishli. Koʻsakchasi tuxumsimon, uz. 3 mm, eni 163 mm cha. May—sent. da gullab, urugʻlaydi. Oʻzbekistonning koʻpgina viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Resggublikasida tarqalgan. Erta bahorda yosh novdalari va barglarini jayranlar xush koʻrib yeydi, nomi ham shundan.

Prev Article

JAYRAN

Next Article

JAYHONIY