JINS

JINS (Jeans) Jeyms Xopvud (1877.11.9, London — 1946.17.9, Surrey grafligi) — ingliz fizigi va astronomi, London Qirollik jamiyati aʼzosi (1906), Qirollik astronomiya jamiyati prezidenta (1925—27). Asosiy ilmiy ishlari nazariy fizika (gazlar kinetik nazariyasi, nurlanish nazariyasi) va astrofizikaga doyr. Jins mutlaq qora jism spektrida energiyaning tarqalish formulasini chiqardi (J. U. Vyeleydan mustaqil ravishda). Astronomiya boʻyicha — J. tez aylanayotgan suyuq jismlar evolyutsiyasi natijasida qoʻshaloq yulduzlar paydo boʻlishi yoki jismning yassilanib spiral tumanliklar paydo boʻlishi nazariyasini ilgari surdi. Jinsning qator ishlari yulduzlarning ichki tuzilishi va evolyutsiya nazariyasiga bagʻishlangan. Jins kosmogonik gipoteza muallifi.

Next Article

JINS