JIROV

JIROV — qozoq, oʻzbek va qoraqalpoq xalqlarida doston, terma ijod etib kuylovchi xalq shoiri. Qadimda katta jamoat yigʻinlarida, toʻy-maʼrakalarda Jirovlar qoʻbiz joʻrligida termalar ijro etishgan. Xalq orasida katta obroʻ orttirgan ayrim (maye, 15—17-a. larda Qiztuvgʻan, Doʻstpambet, Jiyenbatar kabi qozoq) Jirovlar oʻz urugʻi, ulusiga boshchilik ham qilgan, xalq botiri boʻlgan. Ular urush va b. notinch vaqtlarda oʻtkir soʻzi, taʼsirchan termalari bilan ommani birlashtirib oʻziga ergashtirgan. Qozoqlarda Jirov jirchi (tayyor folklor namunalarini ijro etuvchi)dan ijodkorligi bilan farq qiladi. Jirovlar oʻzbek baxshilari kabi ustoz-shogird munosabatlari asosida yetishib chiqqan. Qoraqalpoqlarda Yesemurat jirov, Jiyen jirov, Nurabulla jirov, Shanxay jirov (1814—84), qozoklarda Buxar jirov (18-a.), Musaboy jirov (18-a.)lar xalq orasida keng tanilgan.

Prev Article

JIRO

Next Article

JISM