JISKAR DʻESTEN (Giscard dʻEstaing) Valeri (1926.2.2, Koblens, Germaniya) — Fransiya prezidenti (1974—81), iqtisodiyot va moliya vaziri (1962—66, 1969—74). Fransuz demokratiyasi uchun ittifoq rahbarlaridan biri, raisi (1988-y. dan). 1989-y. iyundan Yevropa parlamenti deputata, liberallar, demokratlar va reformatorlar guruhi (oʻng oqim tarafdorlari uyushmasi) rahbari.