JIVET ASRI VA YARUSI

JIVET ASRI VA YARUSI (Fransiya shim. dagi Jive sh. nomidan) — devon davri oʻrta epoxasining kechki asri va oʻsha vaqtda hosil boʻlgan yotqiziqlar. Belgiyalik geolog J. Gossle (1880) Ardennada aniqlagan. Jivet asri va yarusi va ya. asosan gilmoya, qumtosh, alevrolit, gravelit, dolomit va ohaktoshlardan iborat. Dengiz yotqiziqlaridan braxiopodali (Stringocephalus burtinii Defr. va b.), baʼzan goniatitli (Maenioceras, Agoniatites va b.) ohaktoshlar koʻproq uchraydi. Oʻzbekistonda Chatqol, Qurama, Olay togʻlarida va Qizilqumdagi togʻliklarda Jivet asri va yarusi va ya. yotqiziqlari keng tarqalgan. Yarus yotqiziqlari Angliya, Amerika, Avstriya, Markaziy Qozogʻiston, RF (Sibir va Ural), Oʻrta Osiyoda ham uchraydi. (yana q. Devon davri).

Prev Article

JIBUTI

Next Article

JIGAR