KADENSIYA

KADENSIYA, kadans (lot. cado — tugayapman) — 1) muayyan musiqa tuzilmasini yakunlovchi garmonik yoki oqang iborasi, kuy yoki akkordlar rivojiga yaxlitlikni baxsh etadi. Kadensiyaning bir nechta turi boʻlib (toʻliq, mukammal, oʻrta, xotima va b.), ular asar parchalarini bir-biridan ajratib, ayni vaqtda, musiqa tuzilmalarining oʻzaro mantiqan bogʻlanishiga ham xizmat qiladi;

2) konsert kabi yirik asarlardan oʻrin olgan, yakka ijrochi (solist) uchun moʻljallangan erkin shaklli virtuoz musiqa lavhasi. Kadensiya ijrochining yuksak mahoratini namoyish etishga qaratilgan.

Prev Article

KAGOSIMA

Next Article

KADETLAR