KAEDI — Mavritaniya jan. dagi shahar. Senegal daryosi sohilida, Senegal davlati chegarasida joylashgan. Gorgol viloyatining maʼmuriy markazi. Axolisi 107,3 ming kishi (2000). Shosse yoʻllari tuguni. Daryo porti. Chorvachilik rni markazi. Goʻsht k-ti bor. Q. x. mahsulotlari qayta ishlanadi. Chorva mollari, jun, teri, baliq bilan savdo qilinadi.