KAFEDRA

KAFEDRA (yun. kathedra — oʻrindiq, kursi) — 1) oʻqituvchi, maʼruzachi, notiq uchun moʻljallangan joy;

2) oliy oʻquv yurtlarida bir yoki bir-biriga yaqin bir necha fanlardan oʻquv, metodika va i. t. ishlari olib boruvchi, shuningdek, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlovchi, mutaxassislar malakasini oshiruvchi asosiy boʻlim. K. ga, odatda, prof., fan dri rahbarlik qiladi (dotsent, fan nomzodi ham rahbarlik qilishi mumkin). Kafedra tarkibiga prof., dotsent, assistent, katta oʻqituvchi, katta va kichik ilmiy xodim, aspirant va b. kiradi. Kafedra oʻz lab. va kabinetiga ega boʻladi. Unga leksiyalar, lab. ishlari, amaliy va oʻquv mashgʻulotlari, seminarlar oʻtkazish, oʻquv va i. ch. amaliyoti, tadqiqot ishlari, kurs va diplom (loyihaish)lariga rahbarlik qilish va b. vazifalar yuklatilgan. Kafedralar umumin-t (un-t) va f-t K. lariga boʻlinadi. Umumin-t (un-t) Kafedralar oliy oʻquv yurtining barcha yoki koʻpchilik f-tlarida oʻqitiladigan umumiy ilmiy fanlar, f-t K. lari muayyan f-tda oʻtiladigan maxsus fanlar bilan shugʻullanadi;

3) xristianlik cherkovida vaʼz etiladigan baland minbar.

Prev Article

KAFAN

Next Article

KAFEL