Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

KAKKU YOʻSINI

KAKKU YOʻSINI, kakku zigʻiri (Polytrichum commune) — barg-poyali yoʻsinlarning bir turi. Boʻyi 40 sm cha. Poyasining uchida kakkuga oʻxshash qalpoqchali spora qutichasi (sporangiy) boʻladi. Botqoq va zax yerlarda oʻsadi. Oʻzbekistonda ariq chetlarida, tosh va qoyalarda, daraxt poʻstloqlarida oʻsadi. Kakku yoʻsinidan baʼzan devorlarga va mebelga tiqishda foydalaniladi.

Prev Article

KAKKU

Next Article

KAKLIK