KAKLIKUCHAR GʻORI — Xoʻjaobod tumanidagi gʻor, Olay tizmasining shim. tarmogʻi Chilmayram togʻining jan. yon bagʻrida, 1350 m balandlikda, togʻ etagidan bal. 160 m. Devon davriga mansub ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Gʻorning 4 ta ogʻzi boʻlib, unga faqat birgina ogʻzidan kirish mumkin (eni 13 m, bal. 2 m). Gʻor ichidagi katta xonadan turli tomonga yoʻnalgan bir nechta yoʻlak (har qaysisining uz. 12 m, eni 4 m, bal. 2 m gacha) mavjud. Gʻor sahnida qizgʻish gillar tarqalgan. Umumiy uz. 164 m, maid. 600 m2, hajmi 336 m3.