KAKTUSLAR

KAKTUSLAR (Cactaceae) — kaktusdoshlarga mansub koʻp yillik semiz poyali oʻsimliklar, manzarali va uy oʻsimligi. Kaktuslar orasida daraxtsimon, butasimon yoki liana shakllari bor. Ahyonda past boʻyli daraxt (Pereskioidae). 2000 dan ortiq turni oʻz ichiga oladigan 80 ga yaqin turkumi bor. Ularning deyarli hammasi Amerika (yarmi Meksika)da tarqalgan. Yovvoyi holda tropik va subtropik choʻllarda, dengiz boʻylari, savannalarda oʻsadi. Kaktuslar bir necha guruhlarga boʻlinadi: opunsiyalar — dumaloq yoki ovalsimon yassi, bir-biriga birikib oʻsgan tanadan iborat; s ye r ye u s – l ar — tanasi yoʻgʻon, ustunsimon, etdor; mamillyariyalar — soʻrgʻichsimon, chiroyli gullaydi; epifillyumlar — poyasi tasmasimon yassi, yirik tisheimon; ripsalislar — juda sershox, xivchinsimon yoki bargsimon koʻrinishdagi butachalar.

Koʻpgina turlari chiroyli gullaydi, jan. mintaqalarda ochiqjoylarda manzarali oʻsimlik, shim. mintaqalarda uy va oranjereyalarda oʻstiriladi. Kaktuslarning mevasi va poyasi eti ovqatga ishlatiladi, chorva mollariga ozuqa; oʻtin va yengil qurilish materiali (ayrim turlarining yogʻochlangan poyalari); buta fob (devor) tarzida foydalaniladi. Kaktuslar urugʻi, qalamchasidan va payvand qilish yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Maysalari urugʻi ekilganidan keyin 3—30 kunda paydo boʻladi, payvandlash may—avg. da oʻtkaziladi. Kaktuslar erta bahordan kuzgacha (ayrim turlari qishda ham) gullaydi. Qishda Kaktuslar uyda 8—10° da saqlanadi, kam sugʻoriladi. Yozda Kaktuslar ekilgan tuvaklar quyosh nuri tushadigan yorugʻ va issiq joylarga koʻchiriladi, tez-tez sugʻoriladi va tanasiga suv purkab («choʻmiltirib») turish kerak.

Ad.: Pajout F., Valnichek 3., Shubin R., Kaktusы. Per. s cheshek. Praga, 1963. Olimjon Alimov.

Prev Article

KAKOFONIYA

Next Article

KAL