Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

KALANDR

KALANDR (frans. calande — dumalatish, yaltiratish) — materiallar (gazlama, qogʻoz, rezina va b.)ga gul bosish, ularni silliqlash, yaltiratish, zichlash mashinasi. Kalandr gorizontal joylashgan metall vallar (2—20 ta)dan iborat boʻlib, ular orasidan rulon yoki list materiallar oʻtkaziladi. Vallar richag-yuk, pnevmatik va gidravlik qurilmalar yordamida qisiladi hamda koʻtariladi. Qogʻoz i. ch. da Kalandrning mashinali, superkalandr, kalibrlovchi va bosma naqsh tushiradigan xillari bor. K. toʻqimachilikda, rezina i. ch. da, plastmassalardan polimer plyonkalar va buyumlar tayyorlashda, qogʻoz sanoatida qoʻllaniladi.

Prev Article

KALAN

Next Article

KALAXARI