KALI — Kolumbiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Valya-del-Kauka departamentining maʼmuriy markazi. Fapbiy Kordilyera togʻlarida, 1100 m balandlikda joylashgan. Aholisi 1,7 mln. kishi (1995). T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kauka vodiysidagi rivojlangan q. x. rayonining muhim iqtisodiy markazi. Oziq-ovqat, rezina-texnika, toʻqimachilik, poyabzal, tikuvchilik, sement, elektrotexnika sanoati korxonalari mavjud. Velosipedlar ishlab chiqariladi. Kali yaqinidan koʻmir qazib olinadi. 2 un-t, muzey bor. K. ga 1536-y. da asos solingan. 16—18-a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.