KALIFORNIYA OQIMI

KALIFORNIYA OQIMI — Tinch okeanning sharqiy qismidagi sovuq oqim. Shim. Tinch okean oqiminingjan. tarmogʻi, shim. dan janubga tomon yoʻnalgan. Kengligi 550—650 km, tezligi soatiga 2 km. Suvining t-rasi fev. da 12° (shim. da), 25° (jan. da), avg. da 18—26°. Shoʻrligi 33—34,5%». Jan. da Shim. Passat oqimiga qoʻshilib ketadi.

Prev Article

KALIFORNIYA VODIYSI

Next Article

KALIFORNIYA QALQONDORI