KALIFORNIYA UNIVERSITETI

KALIFORNIYA UNIVERSITETI — AQSHdagi yirik oliy oʻquv yurtlaridan biri. 1868-y. Oklendda (SanFransisko yaqinida) Kaliforniya kolleji (1855) negizida ochilgan. Berkli, Deyvis, Los-Anjeles, Riversayd, SanFransisko va b. shaharlarda kampuslar (un-t shaharchalari) bor. Ayrim kampuslar yirik ilmiy markazlardir. Turli ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 10 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Kutubxonalarida 10 mln. dan ortiq asar saqlanadi.

Prev Article

KALIFORNIYA VODIYSI

Next Article

KALIFORNIYA QALQONDORI