Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

KALIT

KALIT (musiqada) — besh qatorli nota yoʻlining birortasiga qoʻyiladigan maxsus belgi. K. aynan shu chizikda joylashgan nota nomi va balandligini, ayni paytda barcha chizikdagi notalarda ifodalangan tovushlar balandligini belgilaydi. Zamonaviy nota yozuvida, asosan, «sol» («skripka»), «fa» («bas»), baʼzida «do» («alt», «tenor» va b.) K. lari qoʻllaniladi.

Prev Article

KALIT

Next Article

KALIF