KALIY XLORID, KS1 — xlorid kislota (NS1) tuzi, asosiy kaliyli oʻgʻit; Kaliyning tabiiy tuzlaridan boʻlgan silvinit minerali tarkibidagi KS1 tuzlarini kristallizatsiyalash yoki flotatsiya usulida olinadi. Kristallizatsiya usulida olingan oʻgʻit (markasi «K») oq yoki kulrang kristall modda, tarkibida 62—65% K2O bor; flotatsiya usulida olingan oʻgʻit (markasi «F») pushtiqizgʻish rangli, tarkibida 54 — 60% K2O bor, yirik kristalli boʻlganidan uzoq vaqt nam tortmasdan saqlanadi. Barcha oʻsimliklarga asosiy oʻgʻit sifatida (kuzgi shudgorlashda) va oziqlantirishda qoʻllaniladi. Kaliy Oʻrta Osiyoning sur tuproqli yerlariga qoʻl keladi. Kaliy solingan tuproklarda 3,2 — 3,3 s/ga qoʻshimcha paxta hosili olinadi. Gʻoʻzaga har yili 50 kg/ga miqdorda (oziq modda hisobida) Kaliy solinadi. Shoʻr tuproqli yerlarga Kaliyni ehtiyot bulib solish kerak, chunki u tuproqda oʻsimlik uchun zararli xlor mikdorining koʻpayib ketishiga sabab boʻlishi mumkin. Kaliy gigroskopik boʻlganligidan uni saqlash qoidalariga rioya qilish talab etiladi. Kaliyni balandligi 1,5 m dan 2,5 m gacha uyum holida yoki krplarda saqlash mumkin.