KALYARI — Italiyadagi shahar, Sardiniya o. dagi port. Kalyari provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 212 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Kemasozlik rivojlangan. Kimyo, neft kimyosi, yogʻochni qayta ishlash, elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Chetga qoʻrgʻoshin va rux rudalari, xar xil tuzlar, vino, zaytun moyi chiqariladi. Un-t (17-a. dan) bor.