KAM

KAM — Tibet togʻligining jan.sharqiy chekkasi, Xitoyda. Togʻ tizmalari aksari qismining bal. 3000—4000 m, alohida choʻqqilari 6000 m gacha. Tizmalar Yanszi, Mekong, Saluin daryolarining boʻylama daralari bilan ajratilgan. Baland togʻ dashti va yaylovlar landshafti xos. Jan. qismi va daralar yon bagʻirlarida oʻrmonlar uchraydi. Tizmalarning choʻqqilari doimiy k,or va muzliklar bilan qoplangan.

Prev Article

KALYAO

Next Article

KAMA