KAMA

KAMA — RFning Yevropa qismidagi daryo. Dolgoning eng yirik chap irmogʻi. Yuqori Kama qirlarining markaziy qismidan boshlanadi. Vishera daryosi quyilgandan soʻng sersuv daryoga aylanib, Kama suv omboriga quyiladi. Uz. 1805 km, havzasining mayd. 507 ming km2. Oʻrtacha suv sarfi 3500 mʻ/sek. Kamada Kama, Votkinsk, Quyi Kama GESlari qurilgan. Asosiy irmoqlari: Vyatka, Oq Idil, Chusovaya, Vishera va b. K. da Kerchevskiy posyolkasigacha muntazam kema qatnaydi. Kama boʻyida Solikamsk, Berezniki, Perm, Naberejniye Chelni sh. lari joylashgan.

Prev Article

KAM

Next Article

KAMA