KAMERA (eski lot. camera — xona, palata) — 1) koʻndalang kesimi kattaroq va uncha uzun boʻlmagan yer osti koni; unga shaxta uskunalari joylashtirilib, tozalash ishlari olib boriladi;
2) baʼzi mashinalar, qurilmalar va pechlarning ichki qismi (mas, yonish K. si televizion Kamera, K. li pech);
3) baʼzi apparat va asboblar nomi (fotokamepa, kinokamera va b.);
4) maxsus maqsadda foydalaniladigan alohida xona (mas, bagaj Kamerasi tovush K. si);
5) shina, toʻp va b. ichiga joylashtiriladigan puflama rezina qobiq;
6) kosmik nurlar va elementar zarralar tekshiriladigan hamda kuzatiladigan qurilma (Vilson kamerasi, diffuzion kamera).