KAMONDAN OTISH

KAMONDAN OTISHsport turi. Diametri 40—122 sm doyra nishonga 18 — 90 m uzoklikdan 30 yoki 36 tadan oʻq uzilib ochko toʻplanadi. Kamondan otish 15-a. da Shveysariyada paydo boʻlgan. Musobaqalarning hoz. qoidalari 19-a. oxirida ishlab chiqilgan. Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgandan soʻng (1900) koʻp mamlakatlarda keng tarqaldi. 1931-y. dan jahon chempionati oʻtkaziladi. Xalqaro Kamondan otish federatsiyasi (FITA, 1931-y. asos solingan)ga 127 ta milliy federatsiya aʼzo (2002), Oʻzbekiston K. o. federatsiyasi 1991-y. da kirgan. AQSH, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Polsha, Rossiya kabi davlatlarda Kamondan otish keng yoyilgan. Oʻzbekistonda Kamondan otish 20-a. ning 60-y. laridan ommalashdi. Respublikamizning Natalya Butuzova, Olga Rogova, Vadim Shikaryov, Surayyo Vakilova, Eldor Sayfullin, Zamir Axmedov kabi kamonchilari jahon, qitʼa chempionatlari va nufuzli musobaqalarda gʻalaba qozonishgan.

Prev Article

KAMON

Next Article

KAMONCHI