KARBOKSILLASH — organik birikmalarga SO2 taʼsirida karboksil guruhi — SOONni kiritib, karbon kislotalar va ularning hosilalarini olish. Mas, SN3ON + SO RNFL+CO SN,SOON RCONH2 Metallorganik birikmalarni Karboksillash uchun ularning eritmalari orqali SO2 oʻtkaziladi; soʻnggi gidrolizlanish natijasida karbon kislota hosil boʻladi.
CH3MgBr+CO2–^CH3COOMgBrTibbiyotda qoʻllaniladigan salitsil va paminosalitsil kislota (PASK) ham tegishli fenolyat (mas, C6H5ONa)HH K. yoʻli bilan olinadi.
Organizmda Karboksillash maxsus fermentlar taʼsirida sodir boʻladi; mas, pirouzum kislotani Karboksillashda piruvatkarboksilaza fermenti katalizator vazifasini oʻtaydi. Karboksillash organizmdagi uglevodlar, yogʻlar va oqsillarning parchalanishi natijasida hosil boʻladigan oraliq mahsulotlarni oksidlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Karboksillash reaksiyasidan sanoatda sirka kislota, akril kislota, dikarbon va yuqori karbon kislotalarning efirlarini olishda foydalaniladi.