KARIMOV Hamid Yoqubovich (1941.7.1, Toshkent) — patofiziolog olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1998). Tibbiyot fanlari d-ri (1979), prof. (1980), ToshTIni tugatgan (1964). Patologik fiziologiya kafedrasi assistenta, dotsenti (1969—81), prof. (1981—88), markaziy ilmiy tekshirish lab. rahbari (1988—90), II ToshTI rektori (1990-y. dan). Asosiy ilmiy ishlari toʻqima, hujayra, molekulyar bosqichlarda funksional-metabolik koʻrsatkichlar b-n bogʻliq muammolarni oʻrganishga bagʻishlangan. Karimov rahbarligida Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi mikrotsirkulyatsiya lab. si tashkil etildi, unda qon tomir devori fiziologiyasi va patologiyasi oʻrganiladi. «Patologiya» jur. ning bosh muharriri (1998-y. dan). Polsha Tibbiyot akademiyasi akad. (2000). «Albert Shveyser» nomli Xalqaro oltin medal bilan takdirlangan (2000).
As: Patofiziologicheskiye aspektы monooksigennoy sistemы, T., 1994; Urologik oʻtkir xastalik va shikastlanishlarda tez yordam. T., 1994; Nekotorыye patologicheskiye aspektы ostrogo pankreatita. T., 1996; Ekzogennыy fibroziruyuщiy alveolit v usloviyax jarkogo klimata, T., 1999.