KARST, karst hodisasi (Dinara togʻliginij shim.-gʻarbiy chekkasidagi Karst platosi nomidan) — togʻ jinslari (ohaktosh, dolomit, boʻr, gips, tuz)ning suvda erishi natijasida sodir boʻladigan hodisa. K. hosil qiluvchi togʻ jinslari yer sharida 51 mln. km2 ga yaqin maydonni egallaydi. Karstning rivojlanishi uchun suv harorati yuqori bulishi shart. Karst yer yuzidan chuqurlashgan sari kamayib boradi. Karstlar ochiq va yopiq turlarga bulinadi. Karstlanuvchi togʻ jinslari yer ustida yotsa, Karstning karr, voronka, quduq, gʻorlar kabi shakllari o ch i q (yalangʻoch) Karst deyiladi. Bunday Karstlar Oʻrta dengiz atrofi mamlakatlarida, Qrim, Kavkaz va Oʻrta Osiyoning baʼzi joylarida bor. Karstlanuvchi togʻ jinslarining usti kum, gid va b. jinslar bilan qoplangan boʻlsa, yo p i q K. deyiladi. K. Gʻarbiy Yevropa, Amerika, Avstraliyada, Krim ya. o. da, Kavkazda, Sharqiy Yevropa tekisligining kupgina qismida, Sibir va Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Karst tarkalgan joylarda yer usti suvlari juda kam. Yogʻinlarning hammasi Karstga yoki togʻ jinslaridagi yoriqlarga singib ketadi. Karstlanuvchi togʻ jinslariga singigan suv vodiylarda yer yuziga buloq shaklida chiqadi. Bunday buloklar Oʻzbekiston xududida (Nurota, Tomdi, Zarafshon, Chatqol, Turkiston togʻlari etaklarida) keng tarqalgan boʻlib, aholini suv bilan taʼminlashda ahamiyatli. Karst tarqalgan joylarda gidrotexnik inshoot, koʻp qavatli imorat, t. y. qurish noqulay. Gidrotexnik inshoot (Norak, Chorvoq va b. GES) lar, binolar, yullar qurishdan oldin Karst hodisasi sinchiklab oʻrganiladi. Karst turli qazilma boyliklarni qazib olishda ham ancha qiyinchiliklar (shaxtalar qazishda togʻ jinslari mustahkamligini boʻshashtiradi, shaxtalarni suv bosib ketadi) tugʻdiradi.