KARTINA

KARTINA (rus.) — mustaqil badiiy qiymatga ega boʻlgan rangtasvir asari. Rassomlik sanʼatining boshqa asarlari (etyud, eskiz)dan farqli oʻlaroq mukammal, yakunlangan boʻladi hamda freska, kitobat sanʼati (jumladan, miniatyura)ga oʻxshab maʼlum interyer, maydon, sath yoki badiiy bezak tizimlari bilan bogʻlanmaydi, mustaqilligi bilan ulardan farqlanadi. Kartina asos (mato, yogʻoch yoki metall taxta, karton, qogʻoz), grunt va boʻyoklar qatlamidan iborat. Kartina tasviriy sanʼat (dastgohli sanʼat)ning eng xos turlaridan.

Prev Article

KARTER

Next Article

KARTINALAR GALEREYASI