KASB

KASB — kishining mehnat faoliyati, doimiy mashgʻuloti turi; muayyan ish turini malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat, tajribani talab etadi. Kasblar ichida mehnat faoliyatining eng tor sohasi bilan ajralib turadigan ixtisoslar bor (mas, vrachlik Kasb ida xirurg, oftalmolog, dermatolog va b.). K., odatda, shaxening asosiy tirikchilik manbai hisoblanadi.