Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

KATORGA

KATORGA (soʻnggi yun. katergon — galera — eshkakli harbiy kema) — mahbuslarni ogir jismoniy mehnatga jalb qilish bilan bogʻliq boʻlgan jazo turlaridan biri. Oʻrta ayerlarda vujudga kelgan. Rossiyada 18-a. boshida paydo boʻlgan. Katorgaga hukm qilinganlar mehnatidan qalʼalar qurishda, flotda, konchilik (Nerchinsk Katorgasi)da foydalanishgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshida markaziy Katorga turmalari tizimi koʻrinishida mavjud boʻlgan (1917-y. Rossiyadagi fev. inqilobidan soʻng bekor qilingan).

Prev Article

KATOLITSIZM

Next Article

KATRMER