KATTA ILMIY XODIM

KATTA ILMIY XODIM — Oʻzbekistonda i. t. muassasalari va oliy oʻquv yurtlarida ilmiy unvon va lavozim. Katta ilmiy xodim unvoni tanlov boʻyicha yoxud attestatsiya tartibi asosida i. t. boʻlimi (boʻlinmasi, sektori, lab.) mudiri, bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, Katta ilmiy xodim yoxud ilmiy kotib lavozimiga tayinlangan, kamida 3 y. lik ilmiy ish stajiga, ixtirolarga yoki bosma ilmiy asarlarga, shu jumladan, dissertatsiya ximoyasidan keyin eʼlon qilingan ilmiy asarlarga ega va ana shu lavozimlarda kamida 1 y. muvaffaqiyatli ishlagan fan d-rlari va nomzodlariga beriladi. Katta ilmiy xodim unvonini, qaysi idoraga boʻysunishidan qatʼi nazar, respublika oliy oʻquv yurtlari va i. t. muassasalari ilmiy (ilmiy-texnika) kengashlarining tavsiyasiga binoan, OʻzR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi beradi. Katta ilmiy xodim larga belgilab qoʻyilgan namunadagi attestatlar topshiriladi. 2001-y. Oʻzbekistonda 415 kishi Katta ilmiy xodim unvoniga ega boʻlgan.

Prev Article

KATTA ZOND OROLLARI

Next Article

KATTA KAVKAZ