KATTA MASJID (Jome masj i d) — Jazoirdagi meʼmoriy yodgorlik (1096). Tarhi 45,5×33 m, asosiy oʻqi qiblaga qaragan 11 nefli. Hovlisi kichikroq boʻlib, devorlari Marokash (Magʻrib)dagi Qutubiya masjidini eslatadi. Masjid xonasidagi taqasimon qator ravoqlar ikki qatorli ustunlarga tayangan. Mehrob ravogʻining bezagi kungurali. Minorasi (shim.-sharqiy burchagida) 1322-y. da toʻrtburchak shaklda qayta qurilgan. Katta masjid yorqin va sodda koʻrinishi bilan ajralib turadi. Unda yogʻoch oʻymakorligining 11-a. ga oid noyob namunasi saqlangan.