KATTAQOʻRGʻON

KATTAQOʻRGʻONSamarqand viloyatidagi shahar. Zarafshon vodiysida, Narpay kanalining chap sohilida, 485 m balandlikda. Kattaqoʻrgʻon tumani hududida, t. y. stansiyasi. Samarqand sh. dan 88 km shim.-gʻarbda. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —2°, iyulniki 27,2°. Yillik yogʻin 282 mm. Aholisi 76,3 ming kishi (2002).

Koʻpgina arxeologik qazilmalar qad. Kattaqoʻrgʻonning boy madaniyatidan darak beradi. 1908-y. da oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar vaktida ossuariy (sopol tobut)lar topiladi. Ossuariylarda odam suyaklari va dafn marosimlaridagi diniy urf odatlarni tasvirlovchi rasmlar saqlanib kolgan. 1958-y. da Kattaqoʻrgʻondan 7 km gʻarbdagi kondan yogʻoch sandiq qoldiqlari chiqdi. Sandiqning mis bezaklarida qad. shahar madaniyatini aks ettiruvchi rasmlarni koʻrish mumkin. Jezdan ishlangan qorachiroq va ayollar taqinchoqlari topilgan. Makedoniyalik Iskandar Samarqandni vayron qilgandan keyin, Kattaqoʻrgʻon ancha muddat Sugʻdning siyosiy markazi boʻlib turgan. Kattaqoʻrgʻondan bir oz gʻarbrokda qad. madaniyat oʻchogʻi boʻlgan Rabinjon sh. qoldiqlari aniqlandi. 12-a. da uni Xorazmshoh El Arslon egallagan. Hozirgi Kattaqoʻrgʻon (eski shahar qismi) 17-a. ning soʻnggi choragida barpo etilgan. 18-a. da Kattaqoʻrgʻon ancha katta shahar boʻlgan (170 ga joyni egallab, 25 guzarga boʻlingan). Shahar paxsa devor bilan oʻralib, 4 darvozasi boʻlgan. Masjidlar va diniy maktablar faoliyat koʻrsatgan. Aholi gʻisht pishirish, kunjut va paxta yogʻlari i. ch., paxta tozalash, zargarlik, kosibchilik va b. hunarlar bilan shugʻullangan. Kattaqoʻrgʻon adabiy muhitiga mansub shoirlardan Shavqiy, Nodim, Xiromiy. Eshonxoja Vola, Miriy, Vidodiy, Dust va b. ijod qilgan. Q. ni rus bosqinchilari egallagunga kaDaR (1868) shahar Buxoro amirligi tasarrufida boʻlgan. 19-a. oxirida Krasnovodsk (hoz. Turkmanistondagi Turkmanboshi sh.) — Samarqand t. y. qurilishi bilan shahar sanoati rivojlana boshladi. 1890-y. bugʻ dvigateli bilan ishlaydigan paxta tozalash va 1896-y. pressli yogʻ z-dlari ishga tushdi.

Kattaqoʻrgʻonda yogʻ-moy, goʻsht, sut-moy, non, un k-tlari, paxtachilik uchun mashinalar ishlab chiqaradigan «Paxtamash» z-di, gʻisht, paxta tozalash z-dlari, meva konservalash, qandolatchilik, mahalliy sanoat korxonalari, ohak, mebel, badiiy kulolchilik sexlari, madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi.

Shaharda bir qancha qurilish tashkilotlari, avtokorxonalar, 18 umumiy taʼlim, musiqa maktablari, pedagogika, tijorat va tibbiyot kollejlari, transport, kasb-hunar va milliy hunarmandchilik litseylari, teatr, 6 madaniyat uyi, klublar, 15 kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, muzey, kasalxona, tugʻruqxona, poliklinika va dorixonalar xizmat koʻrsatmokda. Kattaqoʻrgʻondan Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro va Zarafshon vodiysining boshqa shaharlari, Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻistonga avtobuslar qatnab turibdi. Toshkent — Nukus, AndijonDushanba temir yoʻl yoʻnalishlari shahar orqali oʻtadi. Kattaqoʻrgʻon yaqinida Kattaqoʻrgʻon suv ombori qurilgan.

Prev Article

KATTAUNGUR GʻORI

Next Article

KATTAQOʻRGʻON