Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

KAULERPA

KAULERPA (Caulerpa) — yashil suvoʻtlar turkumi. Tropik va subtropik mintaqalarda dengizlarda oʻsadigan 60 ga yaqin turi bor. K. ning tallomi bitta koʻp yadroli diploid qujayra boʻlib, 1 m cha keladigan shoxlangan qism, 30 sm li rizoid va vertikal novdalardan iborat. Jinsiy (izogamiya) va vegetativ yoʻl bilan koʻpayadi.

Prev Article

KAUKA

Next Article

KAUNAS