KAVATINA (ital.) – 1) 18-a. da opera va oratoriyada yakkaxon ijrosiga moʻljallangan qisqa lirik ashula. Shaklining oddiyligi va kuyning qoʻshiqsimonligi bilan ariyadan fark, qiladi (mas, A. Kozlovskiyning «Ulugʻbek» operasidagi Xitoy elchisi Kavatinasi);
2) 19-a. ning 1-yarmida bosh rol ijrochisi — yakkaxonning sahnaga chiqish ariyasi (M. Glinkaning «Ruslan va Lyudmila» operasidagi Lyudmila Kavatinasi);
3) baʼzida shaklan kichik, kuychan cholgʻu pyesa.