KAZAKOV Jumatoy Jummiyevich (1938.15.7, Beruniy tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Chorjoʻy ped. intini tugatgan (1969). 1969-y. dan Beruniy tumanidagi 15-, 1974—97 y. larda 39-maktabda turkman tili va adabiyoti oʻqituvchisi. Darslarni yangi pedagogik texnologiya asosida koʻrgazmali qurollar vositasida oʻtgan.