KAZARMA

KAZARMA (ital. caserma, lot. casa — uycha) — harbiy qism shaxsiy tarkibini doimiy joylashtirish uchun moʻljallangan turar joy; xizmat va oʻquv xonalariga ega bino. Qoʻshinlarni joylashtirish uchun dastlabki maxsus inshootlar qad. Rim, Karfagenda mavjud boʻlgan. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarida — har bir rota va alohida vzvod uchun maxsus Kazarma belgilangan.

Next Article

KAZBEK