KEMBRIJ UNIVERSITETI

KEMBRIJ UNIVERSITETI — Yev ropadagi qad. un-tlardan biri, 1209-y. Buyuk Britaniyaning Kembrij sh. da tashkil etilgan. 16-a. da un-t Angliyada Reformatsiya, 17-a. da oʻsha davrdagi ilgʻor fan markaziga aylangan. 1669—1702-y. larda I. Nyuton K. u. prof. boʻlgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida fizikadagi ilmiy inqilobda un-tning Kavendish lab. muhim rol oʻynagan; bu lab. da J. K. Maksvell, P. Dirak, J. Tomson, E. Rezerford ishlagan. Filol., musiqa, sharqshunoslik, iqtisod va siyosat, tarix, huquq, falsafa, injenerlik geol. va geogr., mat., fizika, kimyo, arxeologiya, biol., tibbiyot, ped., antropologiya va b. ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Fitsuilyama muzeyi, klassik arxeologiya, arxeologiya va etn., zool., geol., fan tarixi muzeylari, rasadxona, botanika bogʻi, q. x. stansiyasi va b. bor. 13 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 3 mln. dan ortiq asar saqlanadi.

Prev Article

KEMBRIJ MAKTABI

Next Article

KEMBRIY SISTEMASI