KENNEDI (Kennedy) Jon Fidjerald (1917.29.5, Bruklayn, Massachusets — 1963.22.11, Dallas, Texas) — AQSHning 35-prezidenti (1961—63), Demokratlar partiyasidan saylangan. AQSH floti ofitseri (1941-45), AQSH kontressi aʼzosi (1947—61). Prezidentlik davrida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturi (qashshoqlikka qarshi kurashish, qora tanli aholining fuqarolik huquklarini himoya qilish va b.)ni olgʻa surgan. Harbiy bloklar va AQSH qurolli kuchlarini mustahkamlash tarafdori boʻlgan. Shu bilan birga SSSR b-n boʻlgan munosabatlarda birmuncha realistik yoʻl tutish yoʻlidan borgan; atmosfera, kosmik fazo va suv ostida yadro quroli sinovini taqiklash toʻgʻrisidagi Moskva bitimini imzolagan (1963). Dallasda suiqasd qurboni boʻlgan.