KENT

KENT (Kent) — Angliyadagi ilk oʻrta asr qirolligi. 5-a. ning oxirida Britaniya anglosakslar tomonidan istilo etilishi jarayonida tashkil toptan, 6-a. ning oxiriga kelib, Angliyada 7 qirollik (Kent, Uesseks, Susseks, Esseks, Sharqiy Angliya, Nortumbriya, Mersiya) hukmronligi (geptarxiya) davrida Kent eng katta kuchga ega boʻlgan qirollik edi. 8-a. ning oxirida Mersiya, 9-a. ning boshida Uesseks tarkibiga kirgan.

Prev Article

KENOTRON

Next Article

KENT