KIDONLAR

KIDONLAR, kidanlar, qtoylar — moʻgʻullar tarkibidagi qabila. Qadimda Ichki Moʻgʻuliston va Moʻgʻu-liston jumhuriyati hududida koʻchib yurgan. 4-a. dan manbalarda Kidonlar nomi uchraydi. 907-y. qabila boshligʻi Yela-Bugʻa oʻzini imperator deb eʼlon qilgan, qoʻshni qabilalarni boʻysundirib, sal-tanatni gʻarb va shim. ga qarab kengaytirgan. 926-y. sharkda Boxap podsholigi (oʻnga shimsharqiy Manjuriya, Shim. Quriya va b. kirgan)ni boʻysundirgan. 947-y. K. saltanati Byuu Lyao, 983-y. Kidanlarning Buyuk davlati, 1066-y. dan yana Buyuk Lyao deb atalgan. U Sharqiy Osiyoda Yapon dengizidan Sharqiy Turkistongacha choʻzilgan qudratli davlat boʻlgan. 1005-y. Buyuk Lyao Xitoyni yengib, har yili oʻlpon toʻlashga majbur qilgan. 11-a. oxiridan Buyuk Lyao tanazzulga uchrab, 1125-y. chjurchjenlar tomonidan tugatilgan. Kidonlarning bir qismi Gʻarbiy Turkistonga qorakidonlar (q. Qoraxitoylar) nomi bilan koʻchiboʻtgan. Kidonlarning 2 xil yozuvi boʻlgan. Kidonlar nomidan Xitoyning ruscha atamasi (Kitay) kelib chiqqan boʻlib, u moʻgʻul va turkiy xalqlar orqali ruslarga oʻtgan.

Prev Article

KIGIZ BOSISH

Next Article

KIYEV