Knowledge Base
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

KILOGRAMM-KUCH

KILOGRAMM-KUCH — MKGSS birliklar tizimida kuch birligi. kgk bilan belgilanadi. 1 kg massaga taʼsir etayotgan kuch yoʻnalishida 9,80655 m/s2 tezlanish beradigan kuchga teng kattalik. 1 kgk = 9,80665 N. Baʼzi Yevropa mamlakatlari (Germaniya, Avstriya, Shvetsiya va b.) da kilopond deb yuritiladi.

Prev Article

KILOGRAMM

Next Article

KILOGRAMM-KUCH-METR